#OlimaAyolUz#ЖенщиНаукаУз loyihasi O‘zbekiston ayollarining ilm-fanga qo‘shgan hissasi haqida hikoya qilish hamda yangi avlod olima va tadqiqotchilarni ilhomlantirishga qaratilgan. Saytda O‘zbekiston ilm-fan rivojiga katta hissa qo‘shgan ayol-olimalar taqdim etilgan. Bu yerda XX asrning yetuk olimalari hamda ilm-fanning bugungi va kelajak yo‘nalishlarini shakllantirayotgan zamonaviy tadqiqotchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar jamlangan.
Bu loyiha doirasida Wonder Women'ning rasmiy Instagram sahifasida 3 ta videorolik nashr etildi. Ular O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tashkil topgan kun (4 noyabr) va Tinchlik va taraqqiyot uchun butunjahon ilm-fam kuni (10 noyabr) munosabati bilan tayyorlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqida 4 ta ajoyib fakt.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqida 4 ta ajoyib fakt.
O‘zbekiston ilm-fanining rivojlanishda ayol olimlarning roli.
O‘zbekiston ilm-fanining rivojlanishda ayol olimlarning roli.
Fanning ahamiyati va O‘zbekistonda STEM sohalarida ayollar hamda qizlarni qo‘llab-quvvatlashga e’tibor qaratish.
Fanning ahamiyati va O‘zbekistonda STEM sohalarida ayollar hamda qizlarni qo‘llab-quvvatlashga e’tibor qaratish.